19:11 / 26.10.2016
9982

Saylovchilar: Trampdan ko‘ra Klintonning sirlari ko‘p

Foto: AP

Amerikalik saylovchilarning hisoblashicha, AQSh prezidentligiga nomzodlar demokrat Hillari Klinton o‘z raqibi respublikachi Trampga qaraganda ko‘p sirlarni yashirmoqda. Bu haqda Rasmussen Reports kompaniyasi taqdim etgan ijtimoiy so‘rovnoma natijasida ma'lum qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, 50 foiz respondentlarning fikriga ko‘ra, Klintonda Trampga qaraganda yashirin shaxsiy uchrashuvlar miqdori ko‘p. So‘ralganlarning 39 foizi esa buning aksini ko‘rsatgan.

Shunga muvofiq, Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 79 foizi sobiq davlat kotibida oshkor etib bo‘lmaydigan sirlar mavjudligini aytgan. Ularga 23 foiz demokratlar qo‘shilgan.

Demokratlar partiyasi tarafdorlarining so‘rovda ishtirok etgan 55 foizi Trampda nomaqbul uchrashuvlar soni ko‘pligini aytishgan. Ularga Respublikachilardan 8 foizi qo‘shilgan.

So‘rovda ishtirok etgan va ikkala partiyaning ham tarafdori bo‘lmaganlarning 50 foiz demokratlarda, 20 foizi esa respublikachilarda yashiradigan sirlar mavjudligini aytishgan.

Mavzuga oid
Top