09:02 / 26.10.2016
11340

Tramp Amerika prezidentiga nisbatan tergov boshlashga chaqirmoqda

Foto: Greg Nash

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Reuters agentligiga intervyu berdi. U suhbat davomida AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamaga nisbatan tergov olib borish taklifini ilgari surdi. Trampning fikricha, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning xususiy elektron yozishmalariga oid ish bo‘yicha shunday chora qo‘llash lozim. 

«Mana nima uchun Obama Klintonni shunchalik qo‘llab-quvvatlayapti. U bu ishga aralashib qolishni xohlamayapti. U Klinton xonimning xususiy pochta serveridan foydalanishini bilgan. Shu sabab, unga nisbatan tergov boshlash kerak», — degan respublikachilar nomzodi. 

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Oq uy hozircha, milliarder tadbirkorning so‘zlariga javob bermagan. 


 

Top