18:35 / 27.10.2016
10556
2016 yilda yagona portalda yangi 24 interaktiv davlat xizmati joriy qilindi
Foto: my.gov.uz

Bugungi kunda my.gov.uz olti yuzdan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, idora va tashkilotni qamrab olgan. Murojaat etuvchi ariza yoki shikoyatining mazmuniga qarab uni tegishli organga jo‘natish imkoniyatiga ega. Murojaat onlayn tarzda, shu vaqtning o‘zida kerakli joyga yetib boradi. Fuqarolarning idorama-idora yurishi, qog‘ozbozlik, ortiqcha sarf-xarajatlarga ehtiyoj yo‘q. O‘zlarini o‘ylantirayotgan savol yoki muammo yuzasidan o‘z vaqtida javob olmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

– 2016 yilda yagona portalda yangi 24 interaktiv davlat xizmati joriy qilindi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati rahbari E.Dolimov. – Bugungi kunda davlat tashkilotlariga murojaat etish hamda davlat organlari rahbarlari qabuliga yozilish kabi asosiy xizmat bilan birgalikda sog‘liqni saqlash, aloqa, transport, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona, soliqqa oid 290 dan ziyod interaktiv xizmat ko‘rsatilmoqda.

2016 yilning o‘tgan davrida my.gov.uz orqali 800 mingdan ortiq murojaat qabul qilingan. Ularda ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga yechim topilgan.

Yagona portal orqali tadbirkorlarga jami 190 dan ortiq turdagi interaktiv xizmat ko‘rsatilmoqda. O‘tgan davrda tadbirkorlardan 463 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ular yuzasidan tegishli xizmatlar ko‘rsatilgan.

Top