09:15 / 27.10.2016
4648

AQShda Skywest Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi hibsga olindi

Foto: Reuters

Amerikaning Janubiy Dakota shtati Rapid Siti shahri politsiyasi Skywest Airlines aviakompaniyasi uchuvchilaridan birini parvoz oldidan qo‘lga oldi. Shahar politsiya mahkamasining Facebook tarmog‘idagi sahifasida xabar qilinishicha, uning qonidagi alkogol miqdori belgilangan me'yordan ko‘p bo‘lgan.

Hodisa, mahalliy vaqt bilan 26 oktabr tonggi soat 8:00 atrofida yuz bergan. Politsiyachilarga 38 yoshli uchuvchi Rassel Duszakdan spirtli ichimlik hidi kelayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. O‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, Kanadaning Solt-Leyk-Siti shahrilik uchuvchi qonidagi alkogol aralashmasi, havo kemasini normal boshqarish uchun belgilangan me'yordan ortiq bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, politsiya uchuvchini havo kemasini mast holda boshqarishga uringani uchun hibsga olgan. U boshqaradigan samolyot Solt-Leyk-Sitiga parvoz qilishi lozim bo‘lgan. 


 

Top