10:30 / 27.10.2016
6223

Angliya Liga Kubogining chorak finali juftliklari ma'lum bo‘ldi

Foto: BBC Sports

Angliya Liga Kubogining chorak finaliga qur'a tashlandi.

Unga ko‘ra, mazkur musobaqada 8 marta g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchi bo‘lib turgan «Liverpul» bu bosqichda ham yana o‘z maydonida to‘p suradi. Bu gal mersisaydliklar «Lids»ni qabul qiladi.

«Manchester Yunayted» musobaqadan «Chelsi»ni chiqarib yuborgan «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushadi.

«Reding»ni mag‘lub qilib, bu bosqichga chiqqan «Arsenal» esa «Emiraytes»da «Sauthempton» bilan to‘qnash keladi. 

Ushbu turnirda biror marta ham g‘olib bo‘lmagan «Hall» va «Nyukasl» jamoalari chorak finalda o‘zaro bahs yuritadi.

Angliya Liga Kubogi, 1/4 final juftliklari

«Liverpul» – «Lids»

«Manchester Yunayted» – «Vest Hem»

«Hall» – «Nyukasl»

«Arsenal» – «Sauthempton»

Chorak final uchrashuvlari 30 noyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top