23:31 / 27.10.2016
6204

BlackBerry o‘zining uchinchi Android-smartfonini sotuvga chiqardi

Foto: androidinsider.ru

BlackBerry kompaniyasining uchinchi Android-smartfoni paydo bo‘ldi. BlackBerry DTEK60 modeli ilg‘or texnik xususiyatlar va yuqori darajali xavfsizlik bilan ta'minlangan, shu sababli bu apparat korporativ foydalanuvchilarga to‘g‘ri keladi.

Yangi qurilmada Snapdragon 820 2,15 GGts chastota va Adreno 530 grafik birligiga ega to‘rt yadroli Qualcomm protsessori, 5,5-dyuymli (2560 × 1440 piksel) Super AMOLED displey, 4 Gbayt operativ va 32 Gbayt doimiy xotira mavjud.

Asosiy kamera 21 Mp matritsa, ikkita LED vspishka, 6 elementli optika, f/2,0 diafragma, bosqichli avtofokus, 4 karra optik zum va 4K formatida video suratga olish imkoniga ega. Old kamera 8 Mp sensor, f/2,2 diafragma va 84 daraja ko‘rish burchagiga ega.

Qurilma 3000 mA·ch sig‘imli akkumulyator batareyadan quvvat oladi va u QuickCharge 3.0 simsiz quvvatlash funksiyasini ham ko‘tara oladi. Shuningdek, USB Type-C, NFC moduli, LTE Advanced modemi uchun teshik, barmoq izi skaneri va Wi-Fi 802.11 b/g/n/ac, Bluetooth 4.2 va GPS simsiz ulanish imkoniyatiga ham ega.

Qurilma o‘lchami 153,9 × 75,4 × 6,99 mm, og‘irligi — 165 grammni tashkil etadi. Android 6.0 Marshmallow platformasi Dtek (qurilmada sodir bo‘layotgan barcha narsani kuzatishga imkon beradi), Secure Boot Process (qayta yuklash vaqtida tizim tarkibini tekshirish), Rapid Security Patching (xavfizlik yangilnishidan tez chiqish) kabi xavfsiz ish bilan ta'minlash funksiyalariga to‘ldirilgan.
BlackBerry DTEK60 Xitoyning TCL kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

 Engadget nashrining qayd etishicha, BlackBerry DTEK60 Alcatel Idol 4S (TCLning Alcatel brendi)ga o‘xshaydi. Eslatib o‘tamiz, BlackBerry autsorsing modelini afzal bilgan holda mustaqil tarzda smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

BlackBerry DTEK60 500 dollar qiymatida sotila boshladi.

 

Mavzuga oid
Top