07:55 / 27.10.2016
8766

Ichida kokain bo‘lgan torpedo qirg‘oqqa chiqib qolgani ma'lum qilindi

Foto: revenue.ie

Irlandiyaning Liskannora shahri qirg‘oqlariga ichida 5 mln yevrolik kokain bo‘lgan 2,5 metrlik torpedo chiqib qolgan. news-hl-cm portali ma'lum qilishicha, bu torpedoni shu yilning yoz oxirida Maykl Voan ismli mahalliy erkak aniqlagan. Biroq hukumat torpedoni endigina ochib ko‘rishga qaror qildi va uning ichidagi topilmadan hayratga tushdi.

"Biz uni ko‘tarmoqchi bo‘lganimizda, u shunchalik og‘ir ediki, uni joyidan siljitish uchun bir necha kishi kerak edi. Shuning uchun biz uni joyida qoldirgandik. Biz uning ichida giyohvand modda borligini qaydan ham bilaylik? Torpedo shunchaki zanglagan quvurga o‘xshardi", deb gapirib berdi Voan jurnalistlarga.

Natijada bir necha oy o‘tgach shahar hokimiyati snaryadni ochib, uning ichida 75 kg kokain borligini aniqlagan.

 

Mavzuga oid
Top