20:54 / 27.10.2016
5883

Kasallik tufayli patlarini yo‘qotgan pingvinga gidrolibos tayyorlandi

Foto The Sun

Orlandodagi (AQSh) SeaWorld okeanariumi xodimlari kasallik tufayli deyarli barcha patlarini yo‘qotgan pingvinga gidrolibos tikib berishdi. Bu haqida The Sun ma'lum qildi. 

Gidrolibos pingvinning tana haroratini nazorat qiladi, chunki patlarining to‘kilib tushganligi tufayli suvda unga sovuq bo‘ladi. Libos pingvin harakatlarini cheklab qo‘ymaydi, unda bemalol suzish, uxlash va oziqlanish mumkin. 

 

Top