16:51 / 27.10.2016
11624

Malta Rossiya kemalariga yoqilg‘i quyib bermoqchi emas

Foto: © RIA Novosti

Malta Tashqi ishlar vaziri Jorj Vella ma'lum qildiki, rasmiy Valletta mamlakat hududida rossiyaliklarning kemalari yoqilg‘i quyib olishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda Times of Malta xabar bergan.

Vazirning fikricha, Malta foyda haqida emas, o‘z tamoyillariga amal qilmog‘i zarur.

Shu bilan bir vaqtda Moskva tomoni Maltadan kemalariga yoqilg‘i quyishga sharoit yaratib berish bo‘yicha so‘rov yo‘llagan-yo‘llamagani aniq emas.

Bundan oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi O‘rta Yer dengizining sharqiy qismiga yo‘l olgan harbiy kemalarini, xususan «Admiral Kuznetsov» kreyserini yoqilg‘i bilan ta'minlash uchun Ispaniyaga so‘rov yubormagani ma'lum qilingandi.

Malta O‘rta Yer dengizining o‘rta qismida joylashgan orol bo‘lib, bu oroldan Suriya qirg‘oqlari yaqinigacha to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab boshqa port joylashmagan.

Top