19:37 / 27.10.2016
4960

NATO 2017 yildan boshlab Iroq armiyasini kuchaytirishni boshlaydi

Foto: AFP

NATO 2017 yilning yanvar oyidan boshlab, Iroqning o‘zida mamlakat qurolli kuchlarini kuchaytirishni boshlaydi.

Shuningdek, Iroq xavfsizlik organlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari qo‘mitasi rahbari Kertis Skaparotti ma'lum qilgan.

"Biz 2017 yilning yanvar oyida Iroqda mamlakat qurolli kuchlarini kuchaytirish va mudofaa salohiyatini oshirish ishlarini boshlaymiz", — dedi Skaparotti jurnalistlarga.

2016 yilning aprel oyida alyans Iordaniyada Iroq qurolli kuchlarining dastlabki vakillari NATO dasturi asosida tayyorgarlikdan o‘tayotgani haqida ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid
Top