21:15 / 27.10.2016
6697

OCh-19. Saudiyalik yoshlar O‘zbekistonni JChdan mosuvo qilgan Eronga 6ta gol urib, finalga chiqdi

Foto: OFK

Bahrayn mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida finalga yo‘llanma olgan birinchi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Yarim finalning birinchi bahsida Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro uchrashdi. Bu uchrashuvda muxlislar 11ta golga guvoh bo‘lishdi. Saudiyaliklar raqiblaridan bitta ko‘proq gol urdi va 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.

Qayd etish kerakki, Eron terma jamoasi chorak final uchrashuvida O‘zbekiston yoshlarini yengib, jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Birozdan keyin Vetnam va Yaponiya yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.

2017 yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida Osiyo qit'asi sharafini mezbonlardan tashqari Saudiya Arabistoni, Vetnam, Yaponiya va Eron himoya qiladigan bo‘lgan.

Osiyo chempionati U19. Yarimfinal
Saudiya Arabistoni – Eron – 6:5 (3:2)
Gollar: Sami Najiy (18 pen,51), Ayman Al-Kuxayf (42), Abdurahmon Al-Yamiy (45+1,64,76) – Rizo Jafariy (45), Orif Og‘asiy (45+4), Rizo Shikoriy (62), Mahdiy Maihdiyoniy (75), Rizo Karamulachab (85)

Mavzuga oid
Top