21:35 / 27.10.2016
19171

Putin AQShdagi saylov haqida: Amerika – qandaydir banan mamlakati emas, buyuk davlat

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShdagi saylovlar borishiga ta'sir qila olmasligini aytdi va AQSh "banan mamlakati" emas, balki buyuk davlat" deb ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Nahotki kimdir Rossiya amerika xalqining tanloviga ta'sir qila oladi, deb jiddiy o‘ylasa? Amerika qandaydir bir banan mamlakatimi? Amerika – buyuk davlat", deb aytdi Putin "Valday" klubi yalpi majlisida. 

Putin saylovlar davomida suhbat Rossiyaning saylovlarga mifik aralashuvi haqida emas, AQShdagi muhim siyosiy muammolar haqida ketishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi. 

"Ularga odamlarning e'tiborini Rossiya xakerlari, ayg‘oqchilari, ta'sir qilish agentlari va shu kabilarga qaratish osonroq", deb qo‘shimcha qildi Putin.

 

Top