20:46 / 27.10.2016
4714

Tallin ko‘chalarida halok bo‘lgan piyodalar haqida eslatmalar paydo bo‘ldi

Foto: Sputnik

Estoniya poytaxti Tallin shahrida yo‘l transporti hodisasi bo‘lgan joyda halok bo‘lgan piyodalar soni haqida eslatib turuvchi maxsus qora siluetlar o‘rnatildi.

Birinchi qora siluetlar 27 oktabr kuni Tammsaare ko‘chasidagi Siyakool bekati yonida o‘rnatildi. Bu haqda meriya matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bu yerda piyodalar uchun maxsus tunnel qurilgan, ammo ko‘pchilik hayotini xavf ostida qoldirib, yetti harakatli yo‘ldan o‘tishga intiladi. Halok bo‘lganlarning siluetlari piyodalarning tunneldan o‘tishlarini eslatib turadi", - dedi Tallin transport departamenti harakat bo‘limi boshlig‘i Tayvo Ryuytelmaa.

Mazkur chora-tadbir Fransiyada qo‘llanilgan bo‘lib, Ryuytelmaaning so‘zlariga ko‘ra, o‘z samarasini bergan.

Top