09:13 / 27.10.2016
3577

"Yuventus", "Roma", va "Inter"dan g‘alaba va qolgan natijalar

Italiya A Seriyasining 10-tur uchrashuvlarida bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Turinda "Yuventus" jamoasi "Sampdoriya"ni qabul qildi. Bu o‘yinda katta ustunlikga erisha olgan "Yuve" jamoasi a'zolari raqibi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. E'tiborlisi, mazkur o‘yinda himoyachi Jorjio Kellini ikki bor gol urishga erishdi. "Roma" safarda "Sassuolo"ga qarshi to‘p surdi. Dastlab rimliklar o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bo‘limda irodali o‘yin namoyish qildi va yakunda 3:1 hisobida zafar quchdi. "Napoli" ham bu turda g‘alaba qozondi. Uyda "Empoli" ustidan 2:0 hisobidagi muvaffaqiyat qo‘lga kiritildi. 

"Inter" esa "Torino"ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi muvaffaqiyat qozondi. Oxirgi paytlarda klub muxlislarining tanqidiga uchragan hujumchi Mauro Ikardi dublga erishib, "Inter"ning g‘alabasiga hissasini qo‘shdi. 

Latsio – Kalyari 4:1 

Gollar: 1:0 – 6 Keyta, 2:0 – 23, penalti Immobile, 3:0 – 28 Immobile, 4:0 – 79 Felipe Anderson, 4:1 – 87, avtogol Uolles. 

Yuventus – Sampdoriya 4:1 

Gollar: 1:0 – 4 Mandjukich, 2:0 – 9 Kellini, 2:1 – 57 Shik, 3:1 – 65 Pyanich, 4:1 – 87 Kellini. 

Ogohlantirishlar: Silvestre (42), Barreto (62), Chigarini (89).

Inter – Torino 2:1

Gollar: 1:0 – 35 Ikardi, 1:1 – 63 Belotti, 2:1 – 88 Ikardi. 

Ogohlantirishlar: Valdifori (29), Lopes (80), Benassi (90), Belotti (90).

Sassuolo – Roma 1:3 

Gollar: 1:0 – 12 Kannavaro, 1:1 – 57 Jyeko, 1:2 – 76, penalti Jyeko, 1:3 – 78 Nainggolan. 

Ogohlantirishlar: Matstsitelli (30), Pellegrini (72), Lirola (75).

Peskara – Atalanta 0:1

Gol: 0:1 – 60 Kaldara. 

Ogohlantirishlar: Konti (19), Konko (27), Brugman (41), Kampanyaro (69), Biragi (75), Galyardini (84).

Napoli – Empoli 2:0

Gollar: 1:0 – 51 Mertens, 2:0 – 81 Kirikesh. 

Ogohlantirishlar: Bellushi (38), Mertens (52), Telo (83).

Fiorentina – Krotone 1:1

Gollar: 0:1 – 20 Falchinelli, 1:1 – 85 Astori. 

Kevo – Bolonya 1:1 

Gollar: 0:1 – 52 Pulgar, 1:1 – 70, avtogol Mbayye. 

Ogohlantirishlar: Nad (67), Xelander (83), Verdi (85), Umar (90). 

 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top