18:36 / 28.10.2016
5668

Denis Istomin "Budapest Challenger – 2016" xalqaro turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Foto: ATP

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Vengriyaning Budapesht shahrida Professional tennischilar uyushmasi (ATP) tomonidan o‘tkazilayotgan "Budapest Challenger – 2016" xalqaro turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Denis yakkalik bahslarining birinchi davrasida germaniyalik Daniyel Brandsni 6:2, 6:3, ikkinchi davrada slovakiyalik Norbert Gombosni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. U chorak finalda belgiyalik Stiv Darkis bilan raqobatlashadi.

Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan turnirning juftlik bahslarida iste'dodli tennischimiz Sabina Sharipova AQShlik Jaklik Sako bilan birga muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Sabina va Jaklin musobaqaning ilk bahsida tailandlik Nicha Lertpitaksinchay va Peangtarn Plipuchni 7:5, 6:2, chorak finalda mezbon tennischilar Ziyuye Sun va Janlan Veini 7:5, 6:2 hisobida yengdi.

S.Sharipova hamda J.Sako turnirning yarim finalida Xitoy Taypeyi vakillari Chin-Vei Chan va Ya Xsun Liga qarshi kortga chiqadi.

 

Mavzuga oid
Top