23:54 / 28.10.2016
4252

Erdo‘g‘an: Turkiyaning birdamligi va uyushqoqligiga xurujlar muvaffaqiyatga uchramaydi

Foto: © AFP

Turkiyaning birdamligi va uyushqoqligiga xurujlar muvaffaqiyatga uchramaydi, chunki turk xalqi 15 iyulda respublika va demokratiya g‘oyalari tarafdori ekanligini isbotladi, deb aytildi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning murojaatida. Murojaatni Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umit Yardim o‘qib eshittirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"FeTO sotqinlarining quroli ostida erkinlik, demokratiya, hukumat va davlat himoyasi uchun ko‘ksini qalqon qilgan xalqimizning matonati respublikamiz 100 yilligi nishonlanadigan 2023 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarimizga erishishimizning eng yaxshi garovidir", deb aytildi Erdo‘g‘anning Turkiya tashkil topganining 93 yilligiga bag‘ishlangan murojaatida. 

"Birdamlik, uyushqoqlik, birodarlik, mamlakatimiz mustaqilligiga har qanday xuruj muvaffaqiyatga uchramaydi", deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

 

Top