08:47 / 28.10.2016
6299

Shon-sharaf alleyasida Tramp yulduzini buzgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: cnn.com

Los-Anjyeles shahri politsiyasi AQSh prezidentligi uchun nomzod Donald Trampning Hollivud Shon-sharaf maydoniga joylangan yulduzini buzishda gumon qilingan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda, CNN telekanali xabar qilmoqda

Huquq-tartibot xodimlari uni uyining yonida hibsga olishgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra uning ismi-sharifi Jyeyms Otisdir. Avvalroq, u telekanalga Trampning yulduzini buzib tashlaganini aytgan. Otisning ta'kidlashicha, u respublikachi nomzodning jinsiy tajovuzlariga e'tibor qaratish maqsadida shunday qilgan. 

Avvalroq, quruvchi libosidagi erkak Tramp yulduzini bolg‘a bilan buzgani xabar qilingan edi. Biroq, u qisman o‘z maqsadiga erishgan. 


 

Mavzuga oid
Top