22:29 / 28.10.2016
7985

Video: tankda tiqilib qolgan yenot qutqarib olindi

Foto: © Flickr/Kyle Miron

AQShning Ogayo shtatidagi  ovchilar jamiyati Whackstar Hunters’ning feysbukdagi sahifasida amerika tankida tiqilib qolgan yenotning qutqarilishi videosi joylashtirildi. Jonzot uni chiqarib olishmaguncha M41 Walker Bulldog tankining texnologik darchasidan orqa panjalari bilan tepaga qaragan holda harakatsiz osilib turgan. 

Yenot noodatiy holatda tiqilib qolgani sababli uni tashqariga chiqarib olish uchun anchagina sa'y-harakat amalga oshirildi. 

Videoda aks etgan yenot amerikancha yenot (Procyon lotor) turiga mansub. Bu jonzotlar Shimoliy Amerikada juda keng tarqagan. Ular chiqindi idishlarini titib tashlaydi, yegulik o‘g‘rilaydi va yegulik hidi kelayotgan istalgan teshikka kira oladi. Sayyohlar yenotlarni boqish xavfli ekanidan ogohlantirib kelinadilar. Chunki yenot yegulik borligini bilib, butun kecha unga yetib borish uchun harakat qiladi.

Mavzuga oid
Top