09:54 / 29.10.2016
10841

29 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

28 oktabr tuni va 29 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Qoraqalpog‘istonda yangi gaz konlari ochildi

"O‘zbekgeofizika" AJning "Ustyurt geofizik ekspeditsiyasi" filiali tomonidan sermashaqqat qidiruv ishlaridan keyin "Tillali", "Sayhun", "Inom" va "Arislan" yangi gaz konlari ochildi. Bu yerda har kuni o‘rtacha 45 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

>> Batafsil

 

Amerikalik hindular Klinton ofisida o‘z milliy kulbalarini o‘rnatishdi

Foto: © L!FE

AQShda hindular jamoasi vakillari o‘z yurtlari – Shimoliy Dakota shtatida neft quvuri qurilishiga qarshilik sifatida keskin choralarga bordilar. Bu haqda xorijiy OAV  xabar bermoqda.

>> Batafsil

 

Florida aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida portlab ketdi

Florida shtatining Gollivud shahridagi Fort-Loderdeyl aeroportida Fedex kompaniyasining samolyoti yonib ketgandan keyin uning dum qismida portlash yuz berdi.  

>> Batafsil

 


Obama sevimli rep ijrochilari nomini ma'lum qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Barak Obama to‘satdan SiriusXM radiostansiyasidagi “Sway in the Morning” radioshousiga qo‘ng‘iroq qilib, musiqa va sport borasida nimalarni xush ko‘rishi haqida gapirib berdi.

>> Batafsil


Finlyandiya va Estoniya havosida radioaktiv yod aniqlandi

Finlyandiyaning uchta shahri (Rovaniyemi, Xelsinki, Loviysa) va Estoniyaning ikki shahri (Narva va Tallin) havosida radioaktiv yodning katta miqdori aniqlandi.

>> Batafsil

 

Iroqlik harbiylar Mo‘sulga hujumni to‘xtatishdi

Foto: © Reuters/Ahmed Jadallah

AQSh harbiy-havo kuchlari vakili polkovnik Jon Dorrian Iroq kuchlari ozod qilingan hududlarda jangarilar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun Mo‘sulga hujumda tanaffus e'lon qilishganini ma'lum qildi.

>> Batafsil


Moskvada Islom Karimov xotirasiga haykal o‘rnatiladi

Moskvada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga haykal o‘rnatish masalasi 8 dekabrda Moskva shahar dumasi huzuridagi monumental san'at bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va uning ijobiy hal qilinishiga shubha yo‘q.

>> ​​​​​​​Batafsil

 

Latviyalik avtomobilini koka-kola bilan to‘ldirilgan hovuzda "cho‘miltirdi"

Internetda latviyalik 73 yoshli erkak o‘zining Audi 80 avtomobilini koka-kola bilan to‘ldirilgan hovuzda "cho‘miltirgani" videosi paydo bo‘ldi.

>> ​​​​​​​Batafsil


Video: tankda tiqilib qolgan yenot qutqarib olindi

Foto: © Flickr/Kyle Miron

AQShning Ogayo shtatidagi  ovchilar jamiyati Whackstar Hunters’ning feysbukdagi sahifasida amerika tankida tiqilib qolgan yenotning qutqarilishi videosi joylashtirildi.

>> ​​​​​​​Batafsil

 

OAV: Joli va Pitt Yangi Orleandagi uylarini sotishdi

Foto: Getty Images

Rasmiy ajralish jarayonini o‘tkazayotgan amerikalik aktyorlar Bred Pitt va Anjyelina Joli, Luiziana shtati, Yangi Orlean shahridagi uylarini sotishdi.

Batafsil

 

Ko‘pchilik eshitmagan 5 yirik kompaniya

Shunday kompaniyalar borki, ularning faoliyati haqida ko‘pchilik eshitmagan, ular diqqat markazidan tashqarida. vc.ru kamdan-kam keng muhokama qilinadigan yirik  kompaniyalar faoliyatini o‘rganib, ular haqida ma'lumot taqdim qildi.  

>> ​​​​​​​Batafsil

 

Samsung Galaxy S8 smartfonining ba'zi jihatlari ma'lum qilindi

Foto: 3dnews.ru

Samsung kompaniyasining mobil kommunikatsiyalar vitse-prezidenti Li Kyong-te kompaniyaning bo‘lg‘usi smartfoni Galaxy S8 bo‘yicha bir qator izohlar berdi.  

>> Batafsil

 

Shvetsiyadagi jamoa futbolchilari safar o‘yiniga kelgan yagona muxlisi bilan birga g‘alabani nishonladi

Shvetsiyadagi «Yefle» jamoasining muxlisi o‘z sevimlilarini qo‘llab-quvvatlash uchun «Kalmar» jamoasiga qarshi safar o‘yiniga bordi. 

>> ​​​​​​​Batafsil

Top