11:27 / 29.10.2016
5365

BMT XK Xass va Halabdagi maktabga havo zarbasi berilishini tergov qilishga chaqirdi

Foto: © RIA Novosti

BMT Xavfsizlik kengashi Suriyaning Xass va Halab shaharlaridagi maktablarning o‘qqa tutilishini qoralab, bu bilan bog‘liq voqealar yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishga chaqirdi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Xavfsizlik kengashi a'zolari Idlib viloyati Xass qishlog‘idagi maktab majmuasiga hujum qilinganini keskin qoralaydi. 26 oktabrda sodir etilgan mazkur jinoyatda 22 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi qurbon bo‘lgan edi. Bundan tashqari, 28 oktabr kuni Halabning g‘arbiy qismidagi maktabga ham shu kabi hujum oqibatida bolalar halok bo‘lganini ham tanqid qiladi», — deyiladi bayonotda.

BMT XK «mustaqil tekshiruvlar o‘tkazishga chaqirib», hodisalardan g‘azablanganini bildirgan.
 
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro esa, mazkur aviazarbalar Suriya yoki Rossiya tomonidan berilganini aytgan edi. 

Rossiya tomoni Idlibdagi maktabga havo zarbasi berilishiga aloqadorligini rad etgan.
 

Top