17:59 / 29.10.2016
6568

Hindistonning petarda bozorida yirik portlash sodir bo‘ldi

Foto: newindianexpress.com

Hindistonning Aurangobod shahridagi petarda va pirotexnika mahsulotlari sotiluvchi bozorida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 200ga yaqin savdo do‘koni va 40ta mashinaning kuli ko‘kka sovurilgan, deb xabar qilmoqda New Indian Express nashri.

Yong‘in bir-biriga yaqin joylashgan do‘konlarga tezda tarqalgan, katta va kichik savdo peshtaxtalarini qamrab olgan. 

Baxtli tasodif tufayli do‘kon egalari va mijozlardan hech kimga ziyon yetmagan, deyiladi xabarda. Ayni vaqtda, politsiya portlash sabablarini o‘rganmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, kimdir Divali bayrami munosabati bilan petardani yoqib yuborgani mazkur voqeaga sabab bo‘lgan.
 

Top