07:15 / 29.10.2016
8298

Iroqlik harbiylar Mo‘sulga hujumni to‘xtatishdi

Foto: © Reuters/Ahmed Jadallah

AQSh harbiy-havo kuchlari vakili polkovnik Jon Dorrian Iroq kuchlari ozod qilingan hududlarda jangarilar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun Mo‘sulga hujumda tanaffus e'lon qilishganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Dorrianning aytishicha, iroqlik harbiylar joylarini o‘zgartirmoqdalar, qayta jihozlanmoqdalar va ozod qilingan hududlarda jangarilar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘shimcha tozalash ishlarini o‘tkazmoqdalar.

Dorrian tanaffus bor-yo‘g‘i ikki kun egallashini, shundan keyin iroqlik askarlar Mo‘sulga hujumni davom ettirishlarini aytdi.

Uning aytishicha, bu tanaffus ushbu bosqichda normal qarordir.

Mavzuga oid
Top