17:25 / 30.10.2016
7829

Dunyoning eng yoshi ulug‘ shaxmatchisi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: ruchess.ru

Dunyoning eng keksa shaxmatchisi Samuil Juxovitskiy 100 yoshida Rostov viloyatidagi Novocherkasskda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida 30 oktabr, yakshanba kuni xalqaro grossmeyster Vasiliy Papin xabar berdi, uning so‘zlarini "Rossiyskaya gazeta" nashri yetkazdi. 

"Afsonaviy shaxmatchi va hayotda oddiy inson dunyodan ko‘z yumdi. U o‘zining navbatdagi yubileyidan biroz avval vafot etdi.  Samuil Juxovitskiy to‘liq bir asr yashadi - u inqiloblar, urushlar, chor hukumat, sotsializm va kapitalizm guvohi bo‘ldi", - dedi Papin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Juxovitskiy turnirlarda ishtirok etmagan, lekin "shaxmat hayotini kuzatib borgan".

Juxovitskiy 1916 yilning 12 dekabrida Odessada tavallud topgan. U 10 yoshidan shaxmat bilan shug‘ullana boshladi, 1940 yilda SSSR sport ustasi, 1967 yilda esa - xalqaro tasnifdagi sport ustasi deya e'tirof etildi. Juxovitskiy — Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchisi. 

U shaxmat taxtasi ustida ko‘plab jahon chempionlari - Vasiliy Smyslov, Mixail Tal, Mixail Botvinnik, Tigran Petrosyan bilan uchrashgan. 
 

Top