09:57 / 30.10.2016
10146

Mourino jazolanishi mumkin

Foto: eurosport.com

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya premer-ligasining 10-turida "Byornli"ga qarshi uchrashuvda hakam Mark Klattenburg tomonidan chetlatilganidan keyin jazolanishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda

Eslatib o‘tamiz uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan edi. 

Portugaliyalik mutaxassis hakam bilan bahslashgandan keyin tribunaga jo‘natib yuborilgan. Mourinoning fikricha, hakam Jon Flanagan Matteo Darmianga fol ishlatgani uchun raqib darvozasiga penalti belgilashi kerak edi.

Avvalroq ham Angliya futbol uyushmasi Mourinoga "Liverpul" – "MYu" uchrashuvi hakamiga aytgan so‘zlari uchun ayblov qo‘ygandi.

Top