19:49 / 30.10.2016
8153

Saudiya Arabistoni maxsus kuchlari AQShlik va malayziyalik hamkasblari bilan o‘quv mashg‘ulotlari boshlashdi

Foto: © AP

Saudiya Arabistoni maxsus kuchlari 30 oktabrda AQShlik va malayziyalik hamkasblari bilan qirollikning shimoli-g‘arbida o‘quv mashg‘ulotlari boshlashdi, deb ma'lum qilmoqda SPA axborot agentligi. 

Mashg‘ulotlar "Shimol nayzasi 2016" degan nom oldi. Unda uch davlatning quruqlikdagi qo‘shinlari, Saudiya Arabistonining harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarning ochilish marosimida uch davlatning yuqori darajadagi zobitlari ishtirok etishdi. 

"Bu mashg‘ulotdan maqsad tajribaga ega bo‘lish, u bilan do‘stlar bilan bo‘lishish va milliy manfaatlarga istalgan xavflarga qarshi kurashishga tayyorgarlik hisoblanadi", deb aytdi marosimda mashg‘ulotlarga qo‘mondonlik qiluvchi saudiyalik brigada generali Ali ibn Sair al-Anziy.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar 13 noyabrgacha davom etadi. 

 

Top