14:30 / 31.10.2016
20262

450 nafar evarasi bor 130 yashar ayol uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Foto: islam.ru

Turkiyaning Diyorbakir shahrida istiqomat qiluvchi Shaxi Tayyurak momoning hozirda 450 nafar evarasi bor. Uning 7 nafar farzandi bo‘lib, katta o‘g‘li 96 yoshda. Onaxonning aniq yoshi ma'lum emas. Katta o‘g‘lining aytishicha, onasi taxminan 130 yoshlarda. Bu haqda Muxlis.uz yozmoqda.

Biroq uning hujjatiga noto‘g‘ri yozilgan. Ya'ni hijriy yil hisobidan Grigoryan taqvimiga o‘tishda chalkashlik bo‘lgan va uning hujjatiga 1919 yil 1 iyul sanasida tug‘ilgani qayd etilgan. Qizig‘i shundaki, bu paytda ayolning 5 nafar farzandi bo‘lgan. Keyingi tug‘ilgan qizining pasportiga 06.01.1926 sanasi yozilgan. 

Hozirda ayol o‘zini juda tetik his qilmoqda, xotirasi ham joyida. Uzoq umr ko‘rish sirlaridan biri sifatida u ertalab yaxshi nonushta qilishni aytgan.

Top