13:39 / 31.10.2016
10789

Yer yaqinidan yirik asteroid uchib o‘tdi

Foto: © Fotolia

Amerikaning NASA mutaxassislari Yer yaqinidan yirik fazo jismi – asteroid uchib o‘tganini ma'lum qildi. Uning yaqinlashayotgani haqidagi xabar kichik sayyoralar Markazi tomonidan e'lon qilingan edi. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, u Yerdan xavfsiz masofada, 500 ming km uzoqlikda uchib o‘tgan. Bu Yer bilan Oy o‘rtasidagi masofadan 1,5 marta uzoq deganidir. 2016 UR36 asteroidi yaqinda, 25 oktabr kuni Havayi orollaridagi Pan-STARRS teleskopi yordamida aniqlangan edi.
Shundan so‘ng, asteroid haqidagi axborot scout tizimi orqali tarqatilgan va boshqa teleskoplar tomonidan ham kuzatilgan. Uning hajmi 5 metrdan 25 metrgacha bo‘lgani aytilmoqda. 
 

Mavzuga oid
Top