11:36 / 31.10.2016
4618

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida muzokaralar o‘tkazdi

Foto: MFA.uz

Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib qayta tayinlangan Violen Biyet de Vilmor O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar bermoqda.  

Vazirlikda o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikning dolzarb  masalalarini muhokama qilishdi.   

Tomonlar, shuningdek, Fransiya kompaniyalari bilan birga amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar borishining joriy holatini ko‘rib chiqishdi.

Top