14:43 / 31.10.2016
20004

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘zgardi

Foto: prokuratura.uz

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Erkabay Tadjiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi saytida xabar qilingan.

"Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2016 yil 27 oktabrdagi qaroriga muvofiq adliya katta maslahatchisi Tadjiyev Erkabay Aminovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi”, deyilgan xabarda.

Top