12:44 / 31.10.2016
12070

Mavjud bo‘lmagan kollej diplomini tayyorlab sotgan firibgarlar ushlandi

Xorazm viloyati,Xazorasp tumanidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi B.Rahimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) fuqaro S.Yahyoyevni Qarshi shahridagi Infokommunikatsiya nodavlat ta'lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 200 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, B.Rahimov Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro M.Pozilov va Hazorasp tumanida yashovchi fuqaro B.Yaxshiyev bilan jinoiy til biriktirib, M.Pozilovning ilgari Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi shahar “Qarshi infokommunikatsiya” nodavlat ta'lim muassasasida ishlab kelganidan foydalangan. Mazkur muassasa Qashqadaryo viloyat xo‘jalik sudining 2012 yil 18 apreldagi qarori bilan davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lishiga qaramasdan, u muassasada o‘qish istagini bildirgan talabgorlarni qabul qilish va ularga muayyan huquq beruvchi qalbaki diplomlar tayyorlab berishni rejalashtiradi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Mavzuga oid
Top