16:49 / 31.10.2016
12576

Olimlar millionlab mutant-chivinlarni tabiatga qo‘yib  yuborishmoqchi

Foto: Globallookpress.com

Braziliyalik olimlar har haftada bir necha million genetik jihatdan o‘zgartirilgan chivinni tabiatga qo‘yib yuborishmoqchi. Tadqiqotchilar shu yo‘l bilan jiddiy kasalliklar tashuvchilari bo‘lgan qon so‘ruvchi hashoratlarni to‘liq yo‘q qilishmoqchi. Phys.org nashri shu haqida xabar berdi

Mutant chivinlar yovvoyi turlar, masalan, Aedes aegypti (sariq bezgak) chivinlari orasida ko‘payadi. Aedes aegypti Zika, denge, sariq va  chikunguni bezgaklariga sabab bo‘luvchi chivin hisoblanadi. Chivinlar orasidagi mutantlik hasharotlarning tezda qirilib ketishiga olib keladi. 

Britaniyaning Oxitec firmasi vakillari so‘zlariga ko‘ra, ularning San-Paulu shimoli-g‘arbidagi Pirasikaba shahridagi fabrikasi haftasiga 60 milliongacha mutant-chivinlarni yetkazib berishi mumkin ekan. 2011-2014 yillarda Panama, Kayman oroli, Braziliyaning shimoli-sharqidagi Baiya shtatida o‘tkazilgan besh dala sinovi natijalari yovvoyi chivinlarning 90 foizga kamayganini ko‘rsatgan. 

Braziliyaning Salomatlikni nazorat qilish milliy agentligi tomonidan hozircha bunga rasman ruxsat berilmadi, biroq Oxitec'da buning 2017 yildan kechikmasligiga umid bildirishmoqda. Pirasikaba meri firma bilan to‘rt yilga 1,1 million dollarlik shartnomani imzoladi. 

Top