19:03 / 31.10.2016
23802

Samsung smartfonlarida yangi muammo chiqdi 

Foto: samsung-galaxy-s7.ru

Samsung kompaniyasining Galaxy S7 va S7 Edge hamda Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari egalarida muammo chiqdi. 

Android Central nashrining forumidagi ko‘plab shikoyatlarga ishonilsa, oxirgi bir necha kun davomida smartfondagi standart pochta dasturida maktublarni yozish juda qiyinlashgan. Ba'zi foydalanuvchilar pochta dasturida klaviatura nobarqaror ishlayotganini payqashgan.

Misol uchun, avtokorrektsiya funksiyasi so‘zlarni avtomatik ravishda noto‘g‘rilariga o‘zgartira boshlagan: foydalanuvchi Three so‘zini yozmoqchi bo‘lganda, klaviatura uni avtoo‘zgartirish funksiyasi o‘chiq bo‘lganiga qaramasdan avtomatik ravishda Ttree so‘ziga o‘zgartirgan. 

"Men qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ikki marta murojaat qildim va u yerdan kimdir mening qurilmamga masofadan kirgan. Men klaviaturaning barcha sozlanmalarini tashlab yubordim, biroq muammo baribir qolgan", deb yozildi forumda.

Yana bir foydalanuvchi xuddi shu muammolarni qayd qilib o‘tgan, biroq u muammoni Google Keyboard klaviaturasini o‘rnatish bilan hal qila olganini aytgan.

Hozircha maktublarni yozishda nega muammo paydo bo‘layotgani noma'lum. Ehtimol bunga Samsung dasturchilari serverlarni o‘zgartirayotgani yoki standart klaviaturaning yangi versiyasini tayyorlayotgan bo‘lishlari sabab bo‘lishi mumkin.  

Mavzuga oid
Top