18:32 / 31.10.2016
26637

Trampning harbiy rejalari ma'lum qilindi

Foto: Globallookpress.com

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampning maslahatchilari agar nomzod saylovda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, u mamlakat mudofaasidagi muammolarni qanday hal etishini so‘zlab berishdi. Bu haqda The Defense News yozmoqda.

Pentagon rahbarlaridan biri Jyeff Seshns va mamlakat harbiy dengiz kuchlarining ehtimoliy vaziri Rend Forbsning so‘zlariga ko‘ra, Tramp “Kuch orqali tinchlik” konsepsiyasini ilgari surmoqda. Uning fikricha, Amerika qurolli kuchlari so‘nggi yillarda degradatsiyaga uchragan va AQSh milliy manfaatlari uchun tiklanishga ehtiyoj sezmoqda. Tramp “eski alyansni qayta tiklashga, yangi do‘stlar orttirishga va hayotiy tashqi siyosat qo‘llashga” harakat qiladi. 

Eng avvalo, maslahatchilarning tasdiqlashicha, Tramp AQShga xavf solayotgan IShID terrorchilik tashkilotini yo‘q qilishga bor diqqat-eʼtiborini qaratadi. Keyingi rejalarga — mamlakat uchun xavfli hisoblangan odamlarni Shtatlarga kirishlarini taqiqlash, kiberxavfsizlikni kuchaytirish uchun xarajatlarni ko‘paytirish, armiya hajmini 480 mingdan 540 mingga ko‘paytirish, kemalar sonini 272tadan 350taga ko‘paytirish (asosan suvosti kemalarini), dengiz piyoda qo‘shinlari korpusiga a'zolikni 180 mingdan 200 mingga oshirish masalalari kiritilgan. 

“Rossiya bilan munosabatlar Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lib ishlagan kezlarda juda yomonlashdi, — dedi Seshns. — Bu ulkan qobiliyatsizlik edi. Bilmayman, buni to‘g‘rilash mumkinmi yoki yo‘q. Ammo biz urinib ko‘rishimiz kerak. Realizm pozitsiyasidan va milliy qiziqishlar tomonidan turib qaralsa, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabat uyg‘un holatda bo‘lishi kerak”.

Senshns shunday deydi: “Donald Tramp urushga ishonmaydi. Buni ahmoqona va vayronokor, iqtisodga zarar keltiruvchi holat deb hisoblaydi. Suriya va Liviyada nimalar bo‘lganligini ko‘ring. Misr “musulmon birodarlar”dan aziyat chekmoqda. Iroq endi oyoqqa turyapti. Aynan Hillari Klinton bizning qo‘shinlarimizni o‘sha yerga jo‘natgan edi”.

Top