00:54 / 01.11.2016
4735

Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari 12 ta teraktni bartaraf qilganini ma'lum qildi

Foto: © AFP

2013 yildan hozirgi kungacha Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari qirollik hududida amalga oshirilmoqchi bo‘lgan 12 ta teraktni bataraf qilgan. Bu haqda MI5 (kontrrazvedka) direktorining ma'ruzasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

MI5 rahbari Endryu Parker nomidan tarqatilgan hujjatda bunday natijaga bir necha boshqarma: MI6 (tashqi razvedka xizmati), GCHQ (xavfsizlik agentligi) va politsiyaning birgalikdagi harakatlari evaziga erishilgani aytilgan.

Ma'ruzada Buyuk Britaniya xavfsizligiga xavf solayotgan bosh tahdid IShID ekanligi ko‘rsatilgan. 
 

Mavzuga oid
Top