07:53 / 01.11.2016
12073

IHT rahbari Misr prezidentiga hazil qilgach, iste'fo berdi

Foto: Sputnik

Islom hamkorligi tashkiloti rahbari Iyad Madaniy Misr davlat rahbari Abdul Fattoh As-Sisiy haqida omma oldida hazil qilgach, iste'foga chiqishga qaror qildi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, u ikki kun muqaddam As-Sisiyga tegishli hazil qilgan edi. 

Iste'fo haqidagi rasmiy bayonotda Madaniy sog‘lig‘i tufayli vazifasini tark etayotgani haqida so‘z yuritilgan. U 2012 yildan ushbu lavozimni egallab kelayotgan edi. 

IHTning sobiq rahbari Tunis prezidenti bilan suhbatda muzlatgichida «suvdan boshqa yana nimadir» borligiga umid bildirgan. Bu iborani As-Sisiyning so‘zlariga kesatiq sifatida qabul qilishgan. As-Sisi oktabr oyida, o‘n yildan beri uning muzlatgichida suvdan boshqa hech narsa yo‘qligini iddao qilgan edi. 

Natijada Misr TIV rahbari Madaniyning so‘zlarini tanqid qildi. Shuningdek, Misr tashkilot kotibiyatiga nisbatan o‘z qarashini o‘zgartirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 
 

Top