21:54 / 01.11.2016
9796

Video: Filcha uni qutqarib olgan odamlarga hujum qildi

Foto: CATERS

Zimbabveda ovchilar botqoqqa botib qolgan filni qutqarib olishdi. Voqea Chirpunduda yuz bergan.

Ushbu holat tasvirlangan videodan ko‘rinishicha, filcha botqoqqa ancha vaqtdan beri botgan bo‘lgan va anchagina kuchsizlanib qolgan. Odamlar uni aniqlashganda u botqoqqa bo‘ynigacha botgan bo‘lib, deyarli qimirlay olmay qolgan. 

Professional qutqaruvchilarni kutib o‘tirishga vaqt bo‘lmagan: filcha kuchsizlanib qolgandan, hattoki xartumini botqoq ustida ushlab turishga holi bo‘lmagan va u istalgan vaqtda bo‘g‘ilib qolishi mumkin bo‘lgan.

Ovchilar avval filchani qo‘lda arqon bilan tortib olishga harakat qilishgan, biroq bu foyda bermagach, ular filchaning tanasi atrofida arqon o‘tkazib, uni jipda tortib olishgan.

Biroq shu bilan ish tugamagan. Botqoqdan chiqib olgan filcha minnatdorchilik o‘rniga, o‘z haloskorlariga hujum qilib qolgan.

Baxtli tasodif barchasi xayrli yakunlangan: filcha ham, odamlar ham jabrlanishmagan.

 

Mavzuga oid
Top