09:01 / 02.11.2016
11335

2 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

1 noyabr tuni va 2 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Andijon hamda Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi


Foto: uzlidep.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 1 noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

>>>   Batafsil.

IShID jangarilari Mo‘suldan Suriyaga ketish haqida ko‘rsatma oldilar


Foto: Berci Feher ZUMAPRESS/ globallookpress

IShID rahbariyati Iroqning Mo‘sul shahrida qolayotgan jangarilarga shaharni tark etib, Suriyaga yo‘l olishni buyurdi.

>>>  Batafsil.

Italiyalik arxitektorlar Kolizey qulashi mumkinligidan ogohlantirishmoqda


Foto: tjournal.ru

Rimning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – Kolizeyning kuzatuvchisi Franchesko Prosperetti Italiyada yaqinda yuz bergan zilzila oqibatida qadimiy obidaning qulashi mumkinligidan xavotir bildirdi.

>>>  Batafsil.

FQB Bill Klinton ishi bo‘yicha hujjatlarni ommaga oshkor qildi


Foto: Reuters

AQSh Federal qidiruv byurosi saytida sobiq prezident Bill Klintonni korrupsiyada gumon qilib olib borilgan tergov ishlariga oid hujjatlar joylashtirildi.

>>>  Batafsil.

Nigerda chorvadorlar va fermerlar o‘rtasidagi to‘qnashuvda 18 kishi halok bo‘ldi

Niger hukumati chorvadorlar va fermerlar o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi.

>>>   Batafsil.

Yekaterinburgda rasman OIV epidemiyasi e'lon qilindi


Foto: URA.RU

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida rasman Odam immuntanqisligi virusi epidemiyasi e'lon qilindi.

>>>  Batafsil.

AQShda maktab avtobusi ishtirokida qurbonli YTH sodir bo‘ldi


Foto: © AP

AQShning Baltimor shahrida maktab va shahar chetida qatnaydigan avtobuslar o‘rtasida yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi.

>>>  Batafsil.

Amerika-Meksika chegarasidagi 3 daqiqalik diydorlashuv (video)

Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi chegarada yakshanba kunlari bir-biridan ajralgan oila a'zolari 3 daqiqa davomida ko‘rishib, diydorlashishlari mumkin.

>>>  Batafsil.

Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov amnistiya bilan ozodlikka chiqarildi

31 oktabrda o‘zbek kino va teatrining mashhur aktyori Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan amnistiya haqidagi qarorga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi.

  >>>  Batafsil.

YeChL. "Manchester Siti" "Barselona"ni mag‘lub etdi, "Arsenal" hamda "Bavariya"dan "kambek"


Foto: Twitter/Manchester City

1-2 noyabr kunlari Chempionlar ligasi guruh uchrashuvlarining 4-turi bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy o‘yinida - "Manchester Siti" hamda "Barselona" jamoalar kuch sinashdi.

>>> Batafsil.

Mavzuga oid
Top