09:52 / 02.11.2016
11610

YeChLning 4 tur o‘yinlaridan keyin 4 jamoaning keyingi bosqichga chiqishi aniq bo‘ldi

Foto: «Arsenal» matbuot xizmati

Yevropa chempionlar ligasining 4-turida birinchi kungi o‘yinlardan keyin 4ta jamoa muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

A guruhida «Arsenal» va «PSJ» mos ravishda «Ludogorets» (3:2) hamda «Bazel» (2:1) jamoalarini yengib, ochkolari sonini 10taga yetkazdi. «Ludogorets» va «Bazel» jamoalari pley-offga chiqishdan umid uzdi. Bittadan ochkoga ega bo‘lgan bu jamoalar 10tadan ochko to‘plagan «Arsenal» va «PSJ»ni keyingi 2 turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar quvib o‘ta olmaydi.

D guruhida «Atletiko» va «Bavariya» turnirning keyingi bosqichiga chiqib bo‘ldi. Bu jamoalar 4-turda mos ravishda «Rostov» (2:1) va «PSV Eyndxoven» (2:1) jamoalarini mag‘lub etdi.

Endilikda «Atletiko» 12 ochko to‘plagan, «Bavariya» hisobida 9 ochko bor va bu jamoalar muddatidan oldin keyingi bosqichda. Bittadan ochko bilan qolgan «Rostov» hamda PSV keyingi bosqichga chiqish uchun kurashdan chiqdi va Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashadi.

Top