10:39 / 02.11.2016
11464

Messi «Manchester Siti» futbolchilari bilan o‘yindan keyin janjallashib qoldi

Foto: Reuters

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChL guruh bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin inglizlar klubi futbolchilari bilan munozaraga kirishgan.

Uchrashuv yakunida «Etihad Stedium» stadioni tribunalari ostida g‘alabani nishonlayotgan «Manchester Siti» futbolchilaridan biri Messining sha'niga noo‘rin so‘z aytgan, bunga javoban Messi uni «ahmoq» deya atagan.

Cadena SER xabarida keltirilishicha, Messi «Barselona» xodimi Karles Nadal hamrohligida mezbonlarning kiyim almashtirish xonasiga borgan va o‘zini ranjitgan futbolchilar bilan "gaplashib qo‘ymoqchi" bo‘lgan.

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero oraga tushib, o‘z do‘stidan «Barselona» jamoasining kiyim almashtirish xonasiga qaytib ketishni so‘ragan.

Top