08:35 / 02.11.2016
6206

OAV: Shimoliy Koreya 72 soat ichida ballistik raketa sinovini o‘tkazishi mumkin

Foto: IBTimes UK

Shimoliy Koreya hukumati 24-72 soat ichida "Musudan" rusumidagi o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazmoqchi. Bu haqda razvedkaning oxirgi ma'lumotlaridan xabardor bo‘lgan amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Fox News xabar bermoqda

Ularning aytishicha, bunday xulosaga sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar asosida kelingan. Shu bilan birga ta'kidlanishicha, manbalar suratlarda aynan nima tasvirlanganini ma'lum qilishmagan. 

Amaldorlar Shimoliy Koreya raketalarni tog‘larda joylashtirilgan portativ otuvchi qurilmalardan uchirishi mumkinligidan xavotir bildirishgan. 

 

Mavzuga oid
Top