11:43 / 02.11.2016
38716

"Olmaota mergani"ga o‘lim jazosi tayinlandi

Foto: Informburo.kz

Olmaota shahri jinoiy ishlar bo‘yicha maxsus tumanlararo sudi Ruslan Kulekbayevga oliy jazo tayinladi. U Olmaota shahrida shu yilning iyul oyida sodir etgan terrorchilik harakati uchun o‘lim jazosiga loyiq ko‘rilgan. 

Mahkama qarorini sud majlisiga raislik qilgan Yerlan Bolatov o‘qib eshittirgan, deb xabar qilmoqda "Interfaks" agentligi. Sud hukmi xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holda qo‘riqlanayotgan tergov izolyatorida e'lon qilingan. 

Kulekbayev Qozog‘iston Jinoyat kodeksining ikki yoki undan ko‘p kishi o‘ldirish, qotillikka urinish, qaroqchilik, qurolni noqonuniy aylanmasi, qurol o‘g‘irlash, avtotransportni o‘g‘irlash va noqonuniy ozodlikdan mahrum etish bandlari bo‘yicha aybdor deb topilgan. 

2016 yil 18 iyulda qurollangan erkak Olmaota markazidagi Olmali tumani politsiya xodimlariga qarata o‘q uzgani oqibatida, 10 kishi jumladan 8 nafar huquq idoralari xodimi halok bo‘lgan edi. 

Foto: Reuters 2016 yil 18 iyul Olmaota

Hujum qilgan shaxs ushlangan. U ikki marta sudlangan, salafiylik oqimi a'zosi 26 yoshli Ruslan Kulekbayev ekani aniqlangan. Ruslan qasos olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir etganini aytgan. 

Qozog‘istonda 2003 yildan beri o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, oliy jazoni tayinlash bekor qilinmagan. 

Mavzuga oid
Top