14:20 / 02.11.2016
14660

Rossiyaliklar 15 yillik inqirozdan ogohlantirildi

Foto: © RIA Novosti

Rossiyaliklar yana 10-15 yil davom etishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy pasayish va turg‘unlikka tayyor bo‘lishlari kerak. «Otkrytiye» brokerlik uyi direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Sergey Xestanov shunday fikrda. 

«Iqtisodiyot tuzilmalari birmuncha sekin o‘zgarayotgani e'tiborga olinsa, bunday holat bo‘lishi ehtimol. Oddiy fuqarolar uchun bu narxlarning ko‘tarilishi, past maosh va sezilarli ishsizlikni anglatadi», — deb hisoblaydi Xestanov. 

Ekspertning aytishicha, nazariy jihatdan o‘sish qayd etilishi mumkin, ammo «sezilarli raqamlarni ancha vaqtga unutsa ham bo‘ladi».

«Asosiysi, Moliya vazirligi va Markaziy Bank bu kabi sharoitlarda naqadar qat'iyatini namoyish eta olishida. O‘shanda, pul qadrsizlanishi 6-8 foiz atrofida saqlanib qoladi. Bunda, to‘rt yil davomida inflyatsiyaning olti foizni tashkil etishi, aslida 24 foiz emas, undan ko‘proqligini yodda tutish lozim», — deya qayd etgan Sergey Xestanov.
 

Top