09:05 / 03.11.2016
17331

3 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

2 noyabr tuni va 3 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi


Foto: uzlidep.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

>>> Batafsil.

Belgiyalik vazir halablik qochqinlarga viza bermagani uchun jarimaga tortildi


Foto: © Philippe Farjon/Global Look Press

Belgiyaning migratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Teo Franken Suriyaning Halabidan kelgan oilaga viza berishni rad etgani uchun 33 ming dollarga jarimaga tortildi.

>>> Batafsil.

Italiyada yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi


Foto: © Flickr/ Matt Katzenberger

Italiyaning markaziy tumanlarida yangi yerosti silkinishi qayd etildi.

>>>  Batafsil.

Janubiy Koreyada siyosiy inqiroz avjiga chiqmoqda


Foto: flickr.com/ Jonathan Tommy

Janubiy Koreya politsiyasi mamlakat prezidentining sobiq kotibini korrupsiya mojarosiga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi.

>>>  Batafsil.

Isroil bosh vaziri falastinliklar bilan ixtilofni hal qilish yo‘lini ma'lum qildi


Foto: © RIA

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu arab olamida Isroilga nisbatan munosabat yaxshilanganini qayd qildi va mintaqa bo‘yicha qo‘shnilar bilan yaqinlashish falastinliklar bilan tinchlikka erishishga yordam berishiga umid bildirdi.

>>> Batafsil.

OAV: Turkiya Suriya bilan chegarasini qachon bitkazishi ma'lum bo‘ldi


Foto: aa.com.tr

Turkiya Suriya bilan chegarasidagi beton devor barpo etish ishlarini 2017 birinchi yarim yiliga kelib yakunlaydi.

>>> Batafsil.

Olland Fransiyaning eng nomashhur prezidenti bo‘ldi


Foto: © AFP

Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakatning eng nomashhur prezidenti bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Turkiya rossiyaliklarga mamlakatga ichki pasport bilan kirishni taklif qildi


Foto: god.com

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu rossiyalik sayyohlarni Turkiyaga jalb qilishning yangi choralarini taklif qildi.

>>>  Batafsil.

Italiyadagi zilzila oqibatida yer qobig‘i 70 sm ga siljidi


Foto: nezhatin.com.ua

Italiyadagi zilzila oqibatida yer qobig‘i 70 sm ga siljidi, deb xabar bermoqda Yevropa koinot agentligi.

>>> Batafsil.

Suriya muxolifati Halabda yangi harbiy operatsiya boshlashini ma'lum qildi

"Ozod Suriya armiyasi" muxolif qurollangan guruhi Halabda yangi harbiy operatsiya boshlashini ma'lum qildi.

>>>  Batafsil.

Marsda metall sharcha topildi


Foto: NASA / JPL-Caltech / LANL / ASU

Curiosity marsoxodi Marsning Sharp tog‘ida dumaloq shaklga ega metall meteorit aniqladi.

>>> Batafsil.

Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi


Foto: © AFP

16-sondagi Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti 2017 yilning 2-5 fevral kunlari Kolumbiya poytaxti Bogotada bo‘lib o‘tadi.

>>> Batafsil.

Microsoft korporativ messenjer yaratdi

Microsoft kompaniyasi biznes uchun Microsoft Teams messenjerini yaratdi.

>>> Batafsil.

Apple yig‘iluvchi smartfonga patent oldi


Foto: Digital Trends

Apple kompaniyasi yig‘iluvchi smartfonga patent oldi, deb xabar bermoqda Newsweek nashri.

>>>  Batafsil.

YeChL, 4-tur. "Real" safarda "Legiya"ni mag‘lub qila olmadi, "Tottenhem" uyida yutqazib qo‘ydi va boshqa natijalar

Madridning "Real" jamoasi YeChLning 4-turida Polshada "Legiya"ga qarshi to‘p surdi. Uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi.

 >>> Batafsil.

Mavzuga oid
Top