08:25 / 03.11.2016
4721

Belgiyalik vazir halablik qochqinlarga viza bermagani uchun jarimaga tortildi

Foto: © Philippe Farjon/Global Look Press

Belgiyaning migratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Teo Franken Suriyaning Halabidan kelgan oilaga viza berishni rad etgani uchun 33 ming dollarga jarimaga tortildi. Bu haqda ABC xabar bermoqda. 

Sudning qaroriga qaramasdan, vazir jarimani to‘lashdan bosh tortmoqda. Unga jarimani to‘lashni cho‘zgan har bir kuni uchun 4 ming dollardan (4 kishidan iborat suriyalik oilaning har bir a'zosi uchun ming dollardan) qo‘shimcha jarima solinmoqda. Agar jarima to‘lab berilmasa, sud ijrochilari Frankenning idorasidagi mol-mulkini musodara qilishlari mumkin.

Suriyalik qochqinlarni Belgiyaning Namur shahridagi do‘stlari qabul qilishga tayyorliklarini bildirganlar. Biroq vazir bu xavfli o‘rnak bo‘lib, mamlakatga ko‘plab muhojirlarning kelishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqda. U, shuningdek, viza siyosati bo‘yicha qarorni sud emas, hukumat qabul qilishi kerak, deb aytmoqda.

Suriyalik oilaning advokati ta'kidlashicha, uning mijozlariga pul emas, viza kerak. 

 

Top