09:45 / 03.11.2016
4662

YeChL, guruh bosqichi. «Borussiya» Dortmund 4-turdan keyinoq keyingi bosqich masalasini hal qildi

Foto: The Guardian

Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida 4-tur o‘yinlari yakunlangach, pley-off bosqichi masalasini muddatidan oldin hal qilgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

F guruhida «Sporting» (1:0) klubini mag‘lub etgan «Borussiya Dortmund» jamg‘argan ochkolar soni 10taga yetdi va Tomas Tuxel shogirdlari muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Ayni vaqtda guruhda ikkinchi o‘rinni 8 ochko to‘plagan holda Madridning «Real» jamoasi egallab turibdi. «Sporting» hisobida 3, «Legiya» hisobida 1 ochko mavjud.

1 noyabr kuni o‘tkazilgan o‘yinlardan so‘ng «Arsenal», PSJ, «Atletiko» va «Bavariya» keyingi bosqichga chiqish masalasini muddatidan oldin hal qilgandi.

Mavzuga oid
Top