08:19 / 03.11.2016
8241

Mashhur sirk masxarabozi Oleg Popov olamdan ko‘z yumdi

Foto TASS

Mashhur rossiyalik sirk masxarabozi Oleg Popov 87 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda 2 noyabrda Rossiya xalq artisti Edgard Zapashniyga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Oleg Popov vafot etdi. Menga hozirgina "Rosgossirk" bosh direktori qo‘ng‘iroq qildi va bu haqda ma'lum qildi", deb aytgan Zapashniy.  

Ma'lum qilinishicha, Popov gastrol vaqtida Rostov-Donda hayotdan ko‘z yumgan. "U o‘zini yaxshi his qilayotgan edi, kechasi televizor ko‘rib o‘tirganda birdaniga bu sodir bo‘ldi", deb aytdi "Rosgossirk" bosh direktori Dmitriy Ivanov.

Popov 1991 yildan beri Germaniyada yashab kelayotgan edi. Uni Rossiyani tark etishga sirk bo‘yicha hamkasblari bilan kelishmovchiliklar va Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Popov Germaniyada Baxtiyor Gans taxallusi ostida o‘zining sevimli kasbini davom ettirib kelgan.

Popov masxarabozlik faoliyatini 1951 yilda boshlagan. U turli bolalar ko‘rsatuvlarida, kinolarda suratga tushgan. 2015 yilda Rossiyaga sirk san'ati sohasidagi "Master" xalqaro mukofotining "Tsirk afsonasi" yo‘nalishidagi mukofotni olgani Germaniyaga ketgandan keyin birinchi marotaba tashrif buyurgan.

 

Mavzuga oid
Top