10:57 / 03.11.2016
7096

Moskva shahrida qo‘shma korxona – «Uzglobaltreyd» Savdo uyi ochildi

2016 yil 17 oktabr kuni Moskva shahrida qo‘shma korxona – «Uzglobaltreyd» Savdo uyi ochildi. Bu haqida "O‘zagroeksport" AJ Kun.uz`ga xabar berdi.  Savdo uyi «FUD SITI» ulgurji oziq-ovqat savdo markazida joylashgan. “Uzglobaltreyd” Savdo uyi tasarrufida keng ofis xonalari, omborxonalar va kross-dok mavjud. 

Savdo uyi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar taklif qiladi:
– O‘zbekistonda yetishtirilgan yuqori sifatli va ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish;
– ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olishda yordam ko‘rsatish;
– kross-dokni ijaraga berish;
– ofis xonalarini ijaraga berish;
– mahsulotlarni omborxonalarda saqlash;
– Rossiya Federatsiyasi bozoriga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini olib chiqish.

Top