00:28 / 03.11.2016
9207

Olland Fransiyaning eng nomashhur prezidenti bo‘ldi

Foto: © AFP

Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakatning eng nomashhur prezidenti bo‘ldi, deb xabar bermoqda Figaro.

Ta'kidlanishicha, uning ishidan mamlakatning 11 foizgina aholisi qoniqmoqda, 87 foizi esa uning mamlakat yetakchisi sifatidagi faoliyatidan umuman norozi. 

Fransiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bunday so‘rovnomalar mavjud bo‘lgan vaqtdagi eng pastidir.

Bu orada Fransiya aholisi orasida bosh vazir Manyuel Valsga ishonch ortib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu Valsning Ollanddan uzoqlashishi bilan bog‘liq.

 

Top