16:02 / 03.11.2016
6803

Hotamjon Ketmonov Namangan viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi

Foto: O‘zXDP matbuot xizmati

3 noyabr kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman hokimligining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga O‘zbekiston XDPdan ilgari surilayotgan nomzod Hotamjon Ketmonov saylovchilar bilan navbatdagi saylovoldi uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv Onlayn video-konferensiya shaklida tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston XDP MK Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda nomzodning ishonchli vakili Hotamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

Shundan so‘ng, so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmanovich Ketmonovga berildi.

Hotamjon Ketmonov o‘z chiqishida, dastavval, mustaqillik yillarida demokratik islohotlarning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lmish saylov tizimi bosqichma-bosqich, izchil isloh qilinib, mamlakatimizda xalqaro huquq normalari talablariga, milliy tarixiy an'analarimizga va Konstitutsiyamizga mos saylov qonunchiligi tizimi yaratilganiga e'tibor qaratdi.

U o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berdi.

Jumladan, dastur partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining Parlamentdagi ko‘pchilik – demokratik kuchlar Blokiga nisbatan o‘zini muxolifat deb e'lon qilgani, buning natijasida muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalarga asoslanishini  ta'kidladi. 

Shu bilan birga, Hotamjon Ketmonov Saylovoldi dasturida o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisobiga ichki bozorni to‘ldirish narx-navo oshishini oldini olishga qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hududiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas'uliyatini kuchaytirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratilayotgani ma'lum qildi. 

Uchrashuv davomida asosiy ma'ruza yuzasidan bir qator ishtirokchilar so‘zga chiqdilar. 

Top