00:05 / 03.11.2016
5828

Suriya muxolifati Halabda yangi harbiy operatsiya boshlashini ma'lum qildi

"Ozod Suriya armiyasi" muxolif qurollangan guruhi Halabda yangi harbiy operatsiya boshlashini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda

Guruhning bayonotiga ko‘ra, operatsiyani boshlash qarori "Halabning Asad tuzumi va uning ittifoqdoshlari tomonidan qamal qilinishiga" va "xalqaro hamjamiyat qamal qilingan Halabdagi tinch aholiga yordam ko‘rsata olmaganiga" javob sifatida qabul qilingan. 

"Operatsiya biz Halabdan qamal olinmaguncha va shahardagi odamlarimizga adolatli hayot ta'minlamagunimizcha davom etadi", deb ma'lum qildi guruh vakillari.

Ular tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishidan qochishga harakat qilishlarini ta'kidlab o‘tdilar va hujumlardan maqsad hukumat qo‘shinlarining harbiy obektlari bo‘lishigagina va'da berdilar. 

 

Mavzuga oid
Top